O‘zbekiston | 16:56 / 07.12.2023
8401
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan yirik ilmiy konferensiya o‘tkaziladi

11-12 dekabr kunlari «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Foto: oliymahad.uz

Tadbir Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilyapti.

Konferensiyaning birinchi kunida — jadidchilik harakati g‘oyasi, maqsad va vazifalarini izchil o‘rganishda yangi insaydlar, harakatning ma’rifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy sa’y-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashiladi.

Tadbirning ikkinchi kunida — o‘zbekistonlik hamda chet ellik taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari bilan davra suhbati o‘tkaziladi va u keng jamoatchilik uchun ham ochiq hisoblanadi.

Uchrashuvda olimlar Temur Xo‘jao‘g‘li, Adib Xalid, Hisao Komatsu, Zaynobiddin Abdirashidov va dunyo bo‘ylab mashhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Bo‘zdog‘ ishtirok etadi. 

Mavzuga oid