Tarixiy janrdagi “Islomxöja”, “Ilhaq” va “Yalangtöş Bahodir” filmlari rejissyori va ssenariy muallifi Jahongir Ahmedov özining Facebook’dagi sahifasida jadidlarni tasvirlaşda ularni mağlub qilib körsatiş usulidan foydalanmaslik kerakligi haqida yozib çiqdi. Kun.uz kinossenariyçining fikrlarini quyida töliq keltiradi.
“Jadidlarimizni tarğib qilamiz deb aslida buning teskarisini qilayotganimizni anglamayapmiz. Qaçon jadidlar masalasiga töxtalsak, albatta, ularning mazlum, ezilgan, abgor va eng açinarlisi, milliy qahramonlarimizning MAĞLUB qiyofalari aks etgan rasmlarini tirkayveramiz. Maqolalar, postlar, ma’ruzalarning hammasi jadidlarning qatağon qilingan davri, NKVD tomonidan ayovsiz qiynoqlarga solingani, oxir-oqibat otib yuborilgani töğrisida böladi. Jadidlar haqida işlangan filmlarning aksariyati oğzi-burni qonga böyalgan millat oydinlari, qovoği uyulgan, har gapida stol muştlaydigan NKVD xodimlari bilan boşlanadi. Jadidlarimizning fojiali taqdirlari butun millatimizni qayğuga solişi tabiiy. Lekin ular MAĞLUB edilarmi?! Yöq! Aslida jadidlar ĞOLIB edilar! Ularni jisman yenga olişgan, ammo ğoyaviy emas. Agar ğoyaviy yenga olganlarida, öldirmagan bölardilar. Bunga “ölmay qolgan”larning ijodlari qanday gullab-yaşnagani ham yaqqol misol böla oladi.
Nima, Qodiriy 1935 yilda tuğilib, 1938 yilda otilganmi? Çölpon 1937 yilda tuğilib, 1938 yilda otilganmi? Usmon Nosir-çi? Ularning ijodi gullab-yaşnagan davrlar bölmaganmi? Bolaliklari, yoşliklari bölmaganmi? Qodiriy qanday Qodiriy böldi? U qaysi buloqlarning suvidan simirib ulğaygan? Uni nima uçun qatağon qilişdi? Nima uçun butun boşli tuzum birgina yozuvçini yenga olmadi?
Sulton Abdulhamid aslida Usmonli sultonlar içidagi eng köp tanazzulga uçragani, Usmonlilar imperiyasi inqirozini boşlab bergani emasmi? Aynan u bilan buyuk saltanat poyoniga yetmadimi? Endi e’tibor bilan bir qarang-çi, turklar Abdulhamidni qanday qiyofada köryapti va boşqalarga ham körsatyapti? Mağrur, viqorli, salobatli. U haqidagi film yoki seriallarni tomoşa qilarkansiz, "Sulton Abdulhamid ma’nan va ğoyaviy jihatdan yengilmagan buyuk hukmdor bölgan!" degan xulosani olasiz. Nafaqat xulosa olasiz, balki bunga işonasiz ham. Işontirilasiz!
Jadidlar haqida söz borganda, albatta, qatağon yillarini eslamay ötişning imkoni yöq. Ammo oydinlarimizning hayoti faqat qatağondan iborat bölmagan, qatağon ular umrining söngi, fojiali yakuni xolos. Ular millat uçun yonib yaşagan, mağrur va yengilmas bölganlar. Biz öz kitoblarimiz, maqolalarimiz hamda filmlarimizda jadidlarning ana şunday qiyofalarini çizişimiz kerak. Mağrur va ğolib”, – deb yozgan Ahmedov.









