Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi maktab va bog‘cha atrofida tezlik maxsus moslamalar yordamida nazorat qilinadi
Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Endi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida, tezlik chegarasi 30 km/soat qilib belgilangan hududlarda tezlikni oshirish holati qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar tomonidan aniqlanishi amaliyotga joriy qilinadi. Bu haqda 5 oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldidagi yo‘llarda transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Avvalroq, qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar haydovchilarning transport vositasini boshqarishida xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzishi kabi qoidabuzarliklarni ham aniqlashi joriy qilingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
19:32 / 22.12.2025
Eko-stiker bo‘yicha jarimalar qo‘llash 2 yildan so‘ng boshlanadi
16:10 / 27.10.2025
Radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari yoziladi
18:19 / 01.09.2025
YHXX 2 sentabr kuni jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi
13:06 / 13.08.2025