Özbekistonda radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar böyiça ham haydovçilarga jarima ballari hisoblaş boşlanadi.
Hukumat qaroriga köra, 2026 yil 1 apreldan boşlab:
- maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş tizimlari orqali qayd etilgan tegişli yöl harakati qoidabuzarliklari uçun ham jarima ballari hisoblanadi;
- jarima ballarini transport vositasining mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda (işonçnoma, suğurta polisi, yöl varaqasi) foydalanuvçi boşqa haydovçilarga taqsimlaş tartibi joriy etiladi.
Avtomobilni egasidan boşqa şaxs boşqarganda jarima ballari kimga yoziladi?
Eslatib ötamiz, Özbekistonda yöl harakati qoidabuzarliklari uçun jarima ballarini hisoblaş tartibi – uzoq keçikişlardan keyin – 2025 yil 1 iyundan boşlandi. Şundan buyon faqat YHX xodimi tomonidan qöl rejimida qayd etilgan qoidabuzarliklarga nisbatan jarima ballari hisoblab kelinmoqda.
Bu tizimda qoidabuzarliklarning yigirmaga yaqin turi uçun 0,2 balldan 2 ballgaça jarima ballari belgilangan. Xususan, tezlikni ruxsat etilganidan soatiga 20 kilometrgaça oşirib yuborganlik uçun 0,5 ball hisoblanadi. 12 oy içida 12 ball töplagan haydovçilar 6 oydan 3 yilgaça muddatga haydovçilik guvohnomasidan mahrum böladi.
Iyun, iyul, avgust oylarida 64 mingga yaqin haydovçiga jarima balli yozilgan bölib, ulardan 4 nafari uç oy içida 5 ball töplaşga ulgurgan.
Hukumat qarori bilan, 2025 yil oxirigaça haydovçilik huquqidan mahrum etilgan şaxslarni qayta imtihon qilişning alohida tartibi işlab çiqilişi belgilangan.












