Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobilni bojxonada birovning nomiga o‘tkazish qonun bilan taqiqlanishi mumkin
Bosh vazirga yangi vakolat berilishi kutilmoqda. Muhokamaga qo‘yilgan qonun loyihasiga asosan, Vazirlar Mahkamasiga bojxona ombori rejimida turgan vaqtida boshqa shaxsga o‘tkazilishi taqiqlanadigan tovarlarni belgilash huquqini berish ko‘zda tutilgan. Hukumat bu yangi vakolatini birinchi bo‘lib avtomobillarga nisbatan qo‘llamoqchi.
Ochiq manbalardan olingan surat
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasiga bojxona ombori rejimidagi tovarlarni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash vakolati berilishi mumkin. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga chiqardi. Gap birinchi navbatda avtomobillar haqida ketyapti.
Qonun loyihasi bilan, Bojxona kodeksiga quyidagi mazmundagi band kiritish ko‘zda tutilmoqda:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni boshqa shaxsga o‘tkazilishi taqiqlangan ayrim tovarlarni va holatlarni belgilashi mumkin”.
Rasmiy izohda keltirilishicha, qonun loyihasining ishlab chiqilishiga bosh vazirning 2025 yil 6 may kungi 1725-sonli topshirig‘i asos bo‘lgan.
Bu topshiriqda bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha tartibotlarni yengil avtotransport vositalariga qo‘llamaslik bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
“Mazkur qonun bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni soliq qonunchiligi talablarini bajarmagan holda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish bilan bog‘liq holatlarning oldini olishga qaratilgan”, – deyiladi qonun loyihasining preambulasida.
Lekin qonun loyihasiga ilova qilingan tushuntirishda bunday holatlar haqida ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid
19:55 / 25.12.2025
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi?
14:40 / 24.12.2025
O‘zbekiston tashqi savdosi: eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi
13:32 / 24.12.2025
O‘zbekistonda 11 oyda 10 turdagi yengil avtomobil ishlab chiqarildi
08:53 / 24.12.2025