Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
Chegara qo‘shinlari tomonidan shaxslarni pasport nazoratidan o‘tkazish jarayonida ayrim asoslar mavjud bo‘lganda bojxona organlarini xabardor etish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. 2026 yil iyun–iyul oylaridan esa tadbirkorlar uchun bojxona to‘lovlari va bojxona auditi bo‘yicha qo‘shimcha yengilliklar joriy etiladi.
Tegishli farmonga muvofiq, Chegara qo‘shinlari tomonidan shaxslarni pasport nazoratidan o‘tkazishda quyidagi holatlar aniqlansa, bojxona organlarini xabardor etish tartibi yo‘lga qo‘yiladi:
- bojxona organlari axborot tizimida shaxsning bojxona nazoratidagi avtotransport vositasi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa;
- shaxs bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganligi yoki buzish xavfi mavjudligi belgilansa.
Shuningdek, farmon bilan 2026 yil 1 iyundan tadbirkorlarga bojxona bojini 120 kungacha kechiktirib to‘lash yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashning bosh ta’minoti turidan foydalanishda xavflarni boshqarish tizimi natijalariga ko‘ra tadbirkorlarga pasaytirilgan miqdorda ta’minot taqdim etiladi.
2026 yil 1 iyuldan esa bojxona auditi doirasida audit rejalashtirilgan tadbirkorga yo‘l qo‘ygan kamchiliklari haqida oldindan xabar berish va tadbirkorning o‘zi tomonidan ularni bartaraf etish imkonini beruvchi “maslahatchi auditor” tamoyili joriy qilinishi belgilangan. Shu bilan birga, bojxona organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat natijalari tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda ham inobatga olinishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026