Jamiyat | 21:15 / 27.10.2017
5874
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida Ombudsmanning sayyor qabullari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning sayyor tadbirlar jadvaliga muvofiq, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sayyor qabullar amalga oshiriladi. Bu haqida Ombudsman rasmiy saytida xabar berildi.

Sayyor qabullar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

  • Termiz shahri, 31 oktabr 2017 yil, soat 14:00. Manzil: Barkamol avlod ko‘chasi, 17 uy, viloyat Kasaba uyushmalari federatsiyasi binosi.
  • Qarshi shahri, 2 noyabr 2017 yil, soat 14:00. Manzil: O‘zbekiston ko‘chasi, Qarshi San'at kolleji.
Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid