Toşkent viloyatida joylaşgan 50-son manzil koloniyada jazo muddatini ötayotgan mahkum T.I. koloniya xodimlari tomonidan qiynoqqa solinib, söng asossiz ravişda intizomiy bölinmaga joylaştirilgani haqida Ombudsmanga murojaat qilgan. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili – ombudsman axborot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Ma’lum bölişiça, mahkum T.I. koloniyadagi intizomiy bölinmaga 2025 yil 27 fevral kuni joylaştirilgan va unga 10 sutkaga intizomiy bölinmaga kiritib qöyiş haqida qaror qabul qilingan. Uşbu qaror Toşkent maxsus prokurori tomonidan örganilib, bekor qilingan hamda koloniya ma’muriyatining harakatlari Jinoyat-ijroiya kodeksining 105-moddasi (mahkumlarni intizomiy jazolaş şartlari) va 111-moddasi (qöpol tartibbuzarlik tuşunçasi) talablariga zid deb topilgan.
Şuningdek, holat Ombudsman xodimlari tomonidan joyiga çiqib örganilganda, mahkum T.I Piskent tumani markaziy şifoxonasiga joylaştirilgan hamda şifokorlar xulosasiga köra, uning boş va kökrak qismida lat yeyiş alomatlari aniqlangan.
Mahkum olti kun davomida asossiz ravişda intizomiy bölinmada saqlanib, uning huquqlari va erkinliklari buzilgan. Şu sababli, Ombudsman tomonidan qonun talablari buzilişiga yöl qöygan xodimlarga çora körilişini sörab, Boş prokuraturaga nazorat xati kiritildi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning özida Toşkent viloyatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 2 nafar mahkum vafot etdi.
Xususan, 14 fevral kuni Olmaliqdagi jazoni ijro etiş muassasasida 21 yoşli yigit «miokard infarkti»dan vafot etgani ma’lum qilindi. Marhumning onasi va huquq faollari uning tanasida qiynoq izlari borligini aytib, rasmiy versiyaga işonmagan.
Oradan bir neça kun ötib, 16 fevral kuni esa Tovoqsoydagi qamoqxonada boşqa bir mahkum devor bosib qolgani ortidan şifoxonada vafot etdi. Ombudsman va Toşkent maxsus prokuraturasi holatlarni örganmoqda.
Holat böyiça «mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş» moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergovni Toşkent maxsus prokuraturasi olib bormoqda.













