Sport | 17:00 / 28.10.2017
25450
2 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» yangi stadion loyihasi ustida ishlamoqda

«Paxtakor» futbol klubi so‘nggi zamonaviy talablarga javob bera oladigan yangi stadionni qurish ustida faol ish olib bormoqda.

Klub rahbariyati hozirgi paytda yangi stadion loyihasi konsepsiyasi ustida ishlamoqda. Ushbu jarayon yuzasidan quyidagi kompaniyalar bilan muloqot va muzokara boshlangan:

• Renaissance Construction (Turkiya) – loyiha: «Treblus» (Liviya)
• Arena Com (Germaniya) – loyihalar: «Zenit Arena» (Rossiya), «Maksimir» (Xorvatiya)
• Oberhofer Stahlbau (Avstriya) – loyihalar: «Bunyodkor stadioni» (O‘zbekiston), «Forumlar saroyi» (O‘zbekiston)
• Saraiva+Associados (Portugaliya) – loyihalar: «Baghdad Stadium» (Iroq), «Naval 1 Maio Soccer Stadium» (Portugaliya), «Hradec Kralove Soccer Stadium» (Chexiya).

Quriladigan stadionning boshlang‘ich loyihasi «Paxtakor» FK sarmoyadori SFI Management Group kompaniyasiga ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun yuborilgan. Ular orasidan eng yaxshi loyiha tanlab olinadi.

Mavzuga oid