2025 yil özbek futboli uçun e’tiborli voqealarga boy böldi. Sönggi ön yillik, yangi asr, umuman, futbolimiz tarixida şu paytgaça kuzatilmagan hodisalar birgina yilga siqqanining özi – muxlislar uçun esda qolarli davr bölganini körsatadi. Quyida bu voqealar birma-bir eslab ötiladi.

Abduqodir Husanov APLda

Bir yil oldin şu paytlarda Abduqodir Husanovga «Mançester Siti» qiziqayotgani haqidagi xabarlar çiqqanida köpçilik bu röy berişiga işonmagandi. Özbekistonlik himoyaçi u paytlarda «Lans»da endi özini körsata boşlagan, uning mahoratiga özbek muxlislarida şubha bölmasa-da, birdaniga eng çöqqiga, Pep Gvardiolaning «qöliga» borib tuşişni Husanovning özi ham orzu qilgan bölsa-da, bu şu qadar tez röy berişini özi ham kutmagani tayin.

Ammo bu sodir böldi. 2025 yil boşida butun dunyo özbekistonlik himoyaçi haqida bilib oldi, tarmoqlardan Özbekiston milliy jamoasi, Husanovning öyinlari haqida ma’lumotlar qidira boşlaşdi. Husanov fevral oyidayoq «Çelsi»ga qarşi debyut qildi, keyin bir qator öyinlarda boşlanğiç tarkibda tuşib, jamoa uçun qiyin davrda özini körsatdi. U mavsum davomida asosiy tarkibdan tuşib qoldi, ammo bu normal holat – «Mançester Siti» kabi top-jamoa röyxatida böliş, deyarli hamma öyinda qaydnomadan örin oliş ham juda katta voqea. Erling Holand bilan birga maşğulotlar esa heç qaysi rasmiy öyin bermaydigan tajribani taqdim etişi şubhasiz.

2025 yilda Abduqodir Husanov jami 19 öyinda «Mançester Siti» libosida köriniş berdi – APLda 11, Çempionlar Ligasida 3, içki kubok öyinlarida 4 va klublar örtasidagi jahon çempionatida 1 marta. Angliya kubogida «Leyton Oriyent» darvozasiga gol ham urdi. Kilian Mbappe, Vinisius, Muhammad Saloh, Son Hyong Min, Aleksandr Isak, Viktor Yokereş kabi nomdor hujumçilarga qarşi harakat qildi. Eng muhimi, aynan 2025 yilda Husanov ismi endi futbol olami uçun begona emas, uning ustunliklari, kamçiliklari ma’lum va doim himoyani kuçaytiriş maqsadida transfer bozoriga çiqqan top-jamoalar uçun variant sifatida tilga olinaveradi. 

U17 jamoasi – Osiyo çempioni

Özbekiston ösmirlar jamoasi oxirgi bor 2012 yilda, Dilşod Nuraliyev qöl ostida qit’a çempioniga aylangandi. Islom Ismoilov şogirdlari tarixda ikkinçi marta mana şunday sovringa ega bölişdi.