Jamiyat | 08:43 / 04.04.2018
10225
1 daqiqa o‘qiladi

Piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi

Illyustrativ foto

Samarqand shahrida 2018 yil 31 mart kuni noma'lum haydovchi avtomashinani Tinchlik mahallasi Gagarin ko‘chasida haydab ketayotib, piyoda 1963 yilda tug‘ilgan B.A.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Natijada B.A. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Samarqand shahri Jar-ariq ko‘chasida yashovchi, MChJlardan birining haydovchisi, 1975 yilda tug‘ilgan B.M. o‘ziga biriktirilgan “Neksiya” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid