Jizzax viloyati Foriş tumanida insonlar ölimi bilan boğliq ayançli YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Unga köra, YTH 4 aprel kuni soat 16:05 larda «Jizzax-Boğdon-Qizilça» yölida sodir bölgan. Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida yaşagan 27 yoşli U.B. Nexia maşinasini boşqarib borayotib, quvib ötiş qoidasini buzgan. Oqibatda Nexia qarama-qarşi yönalişda kelayotgan, Foriş tumanida yaşagan 35 yoşli B.A. boşqaruvidagi Cobalt bilan töqnaşgan.
YTH oqibatida har ikki maşina haydovçisi, şuningdek, Nexia maşinasida yölovçi sifatida ketayotgan Xitoy davlatining 54 yoşli fuqarosi voqea joyida halok bölgan. Cobalt maşinasida yölovçi sifatida ketayotgan 2 kişi esa şifoxonada vafot etgan.

Kun.uz’ning boşqa bir manbasi esa uşbu YTHda 7 kişi – 5 kişi voqea joyida, 2 nafari esa şifoxonada halok bölganini aytmoqda. Hodisa yuzasidan hozirça rasmiy axborot berilmadi.
Avvalroq Navoiyda ikki maşina töqnaşuvida 5 kişi vafot etgandi.

















