O‘zbekiston | 18:49 / 28.07.2024
22207
2 daqiqa o‘qiladi

Minimal o‘tish balli o‘zgarmadi

Respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Foto: Kun.uz

Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

  • davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish balli – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36 foizi);
  • to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balli – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30 foizi) etib belgilandi.

Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.

Bundan avvalroq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov «O‘zbekiston 24» telekanalida joriy yildan minimal ball oshirilishi haqida aytib o‘tgandi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘tish ballari quyidagicha belgilanishi ko‘zla tutilgandi:

  • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;
  • boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball.

Mavzuga oid