Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tovarlarni qabul qilib jo‘natishgacha: Balton Trading yirik chakana sotuvchilardan biri M Cosmetic’ning asosiy hamkoriga aylandi
Foto: Balton Trading
Rossiyadagi 28 000 ortiq do‘konga ega yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri bo‘lgan «Magnit» kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi M Cosmetic – kosmetika, parfyumeriya va maishiy kimyo mahsulotlari do‘konlari tarmog‘i Balton Trading Asia bilan logistika sohasida hamkorlikni boshladi.
2022 yilda Balton Trading Asia logistika yo‘nalishida yangi – 3PL xizmatlarini rivojlantira boshladi. Hozirgi kunda esa kompaniya MDH mamlakatlaridagi yirik chakana sotuvchilardan biri – M Cosmetic uchun 3PL xizmatlarining asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi. 2023 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Toshkent va Toshkent viloyatida, Farg‘ona va Andijonda 28 ta tarmoq do‘konlari faoliyat ko‘rsatmoqda, yil oxiriga qadar M Cosmetic tarmoqni 60 dan ortiq savdo nuqtalariga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Balton Trading Asia vakillari M Cosmetic bilan hamkorlik haqida so‘zlab berishdi, shuningdek, 3PL nima ekanligi, xizmatlardan foydalanish kimga foyda keltirishi va logistika bo‘yicha hamkor sifatida kompaniya tanlashning afzalligi nimada ekanligini tushuntirib berdi.
M Cosmetic bilan hamkorlik
M Cosmetic yaqinda Balton Trading Asiani logistik hamkor sifatida tanladi. Kompaniyaning tajribali xodimlari WMS Axelot X5 (Warehouse Management System) tizimida ish yuritishadi, bu esa barcha hamkor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yirik chakana sotuvchiga individual yondashuvni topishga yordam beradi.

Balton Trading Asia maxsulotni qabul qilishdan tortib jo‘natishgacha bo‘lgan to‘liq logistika siklini o‘z zimmasiga olib, stikerlarni chop etish, etiketkalash va boshqa ombor ichidagi operatsiyalarni o‘zi amalga oshiradi. M Cosmetic do‘konlariga tovarlarni jo‘natish to‘g‘ridan-to‘g‘ri Balton Trading filiallari orqali o‘z transport vositalarida amalga oshiriladi. Bu M Cosmetic'ga o‘z omborlari, ishchi kuchlari va avtoparkka ega bo‘lish yukini yengillashtirishga yordam beradi va shu bilan xarajatlarni ham kamaytiradi. Bu, ayniqsa, chakana sotuvchi faol ishtirok etayotgan mintaqaviy kengayish uchun juda muhimdir. Iyul oyi oxiriga qadar Farg‘ona va Andijon viloyatlarida mavjud do‘konlardan tashqari yana yangi do‘konlar ham o‘z eshiklarini ochadi.
So‘nggi olti oy ichida M Cosmetic buyurtmalari bo‘yicha qayta ishlangan mahsulot nomlari (SKU) soni 2000 tadan 8000 tagacha, yetkazib beruvchilar soni 130 tagacha oshdi. Shu bilan birga, SKU qanday miqdor va o‘lchamda bo‘lishi muhim emas, zamonaviy omborlarni boshqarish vositalariga ega Balton Trading bunday vazifalarga tez va samarali yechim topa oladi.

M Cosmetic buyurtmalarining aksariyati kichik buyumlardir va shu sababli Balton Trading mahsulotlarni saqlash uchun hujayralarda saqlash xizmatini joriy qildi, unda deyarli 5000 ta kichik mahsulotlarni saqlash uchun 100 dan ortiq kichik plastik hujayralar mavjud.
M Cosmetic va boshqa mijozlar Balton Trading Asia tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning professionalligi va sifatiga allaqachon baho berishdi. Kompaniyada ta’kidlashlaricha, bu Balton`ning ushbu yo‘nalishdagi uzoq muddatli biznes hamkorlik va barqaror o‘sishning boshlanishidir.
3PL nima va u kimga kerak?
Third Party Logistics (3PL) – saqlash, inventarizatsiyani boshqarish, buyurtmalarni tanlash va yakuniy iste’molchilarga yetkazib berishni o‘z ichiga olgan logistika xizmatlari to‘plamidir.

3PL xizmatlari yordamida buyurtmachi kompaniya quyidagilarga ega bo‘ladi:
Sifat va bajarilish tezligi. Mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ta’minlash uchun Balton Trading Asia allaqachon tashqi omillardan qat’i nazar xizmatni kafolatlash uchun mo‘ljallangan o‘z avtoparklarini shakllantirgan.
Xarajatlarni kamaytirish. Tashqaridan autsorserni jalb qilish, biznesning o‘z tuzilmasini shakllantirishdan kamxarajatroq bo‘lishi mumkin.
Raqobatchilarga nisbatan sezilarli ustunlikni ta’minlaydigan operatsion funksiyalarni autsorsing qilish orqali asosiy biznesga e’tibor qaratish imkoniyati.
Balton Trading kompaniyasi distribyutorlik biznesida 28 yillik tajribaga ega, o‘z omborlari, avtotransport parki va O‘zbekiston bo‘ylab 17 mingdan dan ortiq savdo nuqtalari uchun oyiga 65 mingta buyurtmani qayta ishlovchi yuqori sifatli xizmatlarni taqdim eta oladi. Bugungi kunda korxona omborlarida 3PL yo‘nalishi bo‘yicha 11 mingga yaqin mahsulot qayta ishlanmoqda.

Kompaniyaning omborlari Toshkent shahri va O‘zbekiston viloyatlari markazlarida joylashgan. Balton Trading Asia mijozlari orasida FMCG, e-commerce va moda sektorlari 3PL xizmatlaridan allaqachon ZoodMall, Defacto va boshqa xalqaro kompaniyalar foydalanadi.
3PL xizmatlarining afzalliklari
Bugungi kunda 3PL xizmatlari O‘zbekistonda ombor logistikasining yangi rivojlanayotgan segmenti bo‘lib, bozordagi takliflar sonining kamligi bilan izohlanadi. Shunga qaramay, ko‘p yillik tajribasiga suyangan holda Balton Trading Asia butun ta’minot zanjirini kerakli yuqori darajada qurishga muvaffaq bo‘ldi.
Kompaniya mijozlariga quyidagi qulayliklarni taqdim etadi:
- vaqt va asablarni tejash;
- kapital xarajatlarni qisqartirish;
- mahsulotlarni saqlash uchun binolar, shuningdek, haydovchilar va parklarni qidirishni istisno qilish;
- tovarlarni bir nuqtadan boshqa nuqtaga yetkazib berish jarayonini to‘liq nazorat qilish.

O‘z navbatida, 3PL xizmatlaridan foydalanish yirik chakana sotuvchilar uchun ham, katta assortimentga ega o‘rta biznes uchun ham qulay va foydalidir.
Balton Trading Asia 1994 yildan buyon faoliyat yuritib keladi va bugungi kunda O‘zbekiston bozoriga iste’mol tovarlarini import qilish va sotish bo‘yicha FMCG sektorining yetakchi distribyutorlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya hozirgacha Colgate, Bunge, «Makfa», Imperial Tea va boshqa yirik kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Reklama huquqlari asosida.