AQShda politsiya qiynoqqa solgan shaxsga 900 ming dollar to‘lanadigan bo‘ldi
U 17 soatlik so‘roq vaqtida politsiya tomonidan ruhiy bosimga uchragan va aslida qilmagan jinoyati uchun aybiga iqror qilingan.
AQShning Kaliforniya shtati Fontana shahri ma’muriyati so‘roq vaqtida politsiya tomonidan ruhiy bosimga uchragan fuqaro Tomas Peresga 900 ming dollar tovon puli to‘laydigan bo‘ldi, deb Los Angeles Times xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 2018 yil avgustida Tomas otasining yo‘qolib qolganligi haqida politsiyaga xabar bergan. Politsiya esa dastlab Tomasning o‘zini so‘roq qilgan. So‘roq 17 soat davom etgan. Yigitni o‘z otasini o‘ldirganlikda ayblashgan. Uni aybiga iqror bo‘lishi uchun esa ruhiy bosim o‘tkazilgan.
“So‘roqning 16-soatida Peres otasi bilan janjallashib qolganligi uchun unga pichoq bilan jarohat yetkazganini aytadi”, — deya yozadi nashr.
Qiynoqlar sabab u aybni bo‘yniga olgan. Biroq Tomasning otasi tirik bo‘lib chiqadi. U o‘shanda do‘stining uyida bo‘lgan, keyinroq esa Shimoliy Kaliforniyadagi qizini ko‘rishga borish uchun xalqaro Los-Anjyeles ayerportida reysini kutayotgan bo‘lgan.
Qayd etilishicha, politsiya bu ma’lumotni yashirgan va Peresning o‘zini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirgan.
Shundan so‘ng Tomas Peres Fontana shahri ustidan sudga da’vo kiritgan. Yakunda sud Peresning da’vosini qanoatlantirgan. Unga qariyb 900 ming dollar tovon puli to‘lanishi belgilandi.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024