Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi O‘zbekiston universitetida Sun’iy intellekt klasteri ishga tushiriladi
Universitet birinchi prorektori Bahodir Ahmedov maktablarda barcha o‘quvchilar va o‘qituvchilar sun’iy intellekt bo‘yicha o‘qitilishini ma’lum qilgan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston universitetida «tarmoq–oliygoh–hamkor» tamoyilida ishlaydigan sun’iy intellekt klasteri ishga tushiriladi.
Universitet birinchi prorektori Bahodir Ahmedov «O‘zbekiston 24» telekanalining «Menimcha» dasturiga bergan intervyusida maktablarda barcha o‘quvchilar va o‘qituvchilar sun’iy intellekt bo‘yicha o‘qitilishini ma’lum qilgan. Maxsus ta’lim dasturlari tashkil qilinib, respublika bo‘yicha 1 400 nafar iqtidorli o‘qituvchilar tanlab olinib, soha bo‘yicha o‘qitiladi hamda ularning eng yaxshi 50 nafari AQShga yuboriladi.
«Bundan tashqari, 19 ta universitetda sun’iy intellekt bo‘yicha laboratoriyalar tashkil qilinadi. Yangi O‘zbekiston universitetida universitet – sanoat – xalqaro hamkor tamoyili asosida sun’iy intellekt klasteri yaratilib, bu boshqa sun’iy intellekt laboratoriyalariga tayanch vazifasini o‘taydi», – degan prorektor.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatda sun’iy intellektni tezroq joriy etish masalalari muhokama qilingan, prezident soha uchun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan oliygohlarning birortasida sun’iy intellekt laboratoriyasi yo‘qligiga e’tibor qaratib, 10 ta oliy ta’lim muassasasida shunday laboratoriya tashkil etish taklifini bildirgandi.
Shu bilan birga, oliygohlarda sun’iy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, IT muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar kabi yo‘nalishlar uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi ma’lum qilingan.
Yig‘ilishda «Yangi O‘zbekiston» universitetida Sun’iy intellekt klasteri tashkil etilishi bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Yangi klaster ilmiy tadqiqotlar, IT startaplar va innovatsion loyihalarni birlashtiradi. Shuningdek, universitetda sun’iy intellekt va informatika bo‘yicha xalqaro doktorantura dasturlari ishga tushirilib, yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mavzuga oid
19:45 / 07.11.2025
SI umidlarni oqlamadi: kompaniyalar ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qaytarmoqda
12:56 / 31.10.2025
AI-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 100 mln dollar ajratiladi
23:22 / 13.10.2025
Sun’iy intellekt maqsadga erishish uchun aldash va manipulyatsiya qilishga qodir - tadqiqot
21:19 / 06.09.2025