Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxsga doir ma’lumotlarga sun’iy intellekt yordamida noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi
Endi bunday qilmishi uchun shaxsning ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli musodara qilinadi va yirik miqdorda jarimaga tortiladi.
Foto: iStock
Qonun bilan «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunga quyidagilarga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi:
- sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslarini belgilash;
- ushbu sohadagi vakolatli davlat organining vakolatlarini aniqlashtirish.
Qonunda aniqlik kiritilishicha, sun’iy intellekt – insonning bilim va ko‘nikmalariga taqlid qilish, mustaqil o‘rganish, yechimlarni izlash va aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beruvchi texnologik yechimlar majmuasi. Insonning huquqi va erkinligiga aloqador bo‘lgan yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqat sun’iy intellektdan foydalanib yaratilgan texnologiyalar asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanish mumkin emas.
Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, ularni ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish:
- ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish qurolini musodara qilib, BHM 50 baravaridan 100 baravarigacha (41 mln 200 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Mavzuga oid
19:07
Sun’iy intellektdan eng ko‘p foydalanadigan mamlakatlar aniqlandi – O‘zbekiston so‘nggi o‘rinlarda
19:06 / 26.12.2025
Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar berildi
20:30 / 24.12.2025
Yozuvchilar eng yirik sun’iy intellekt platformalarini sudga berdi
19:45 / 07.11.2025