O‘zbekiston | 21:36 / 05.12.2025
6289
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalar uchun qishki ta’til 28 dekabrda boshlanadi

Ta’til 10 yanvargacha (shu kuni ham) davom etadi. Talabalar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Kun.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki ta’til muddati belgilandi.

Unga ko‘ra, qishki ta’til 2025 yil 28 dekabrdan boshlanib, 2026 yil 10 yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Ta’kidlanishicha, talaba va o‘quvchilarning qishki ta’til davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Jumladan, 2025 yil 18 dekabrdan 2026 yil 12 yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid