Milliy reyting Ta’lim sifatini ta’minlaş agentligi tomonidan yuritiladi hamda davlat va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlari 4 ta asosiy toifa böyiça baholanadi.
Nizomga muvofiq, oliy ta’lim taşkilotlari quyidagi yönalişlar kesimida milliy reytingga kiritiladi:
- amaliy fanlar;
- tibbiyot fanlari;
- ijtimoiy-gumanitar fanlar;
- ijod (sport).
Belgilangan tartibga köra, har yili 1 noyabrga qadar ötgan yil yakunlari böyiça milliy reyting natijalari e’lon qilinadi.
Şuningdek, har yili 1 iyunga qadar talabalar, professor-öqituvçilar va iş beruvçilar örtasida umummilliy sörovnoma, şu bilan birga xalqaro ekspertlar iştirokida xalqaro obröni baholaşga qaratilgan sörovnoma ötkaziladi.
Milliy reytingni hisoblaşda jami 25 ta indikator qöllaniladi. Ularning 5 tasi umummilliy sörovnoma natijalari asosida aniqlanadi. Sörovnoma natijalari inobatga olinişi uçun oliy ta’lim taşkilotidagi talabalar va professor-öqituvçilarning kamida 20 foizi iştirok etişi talab etiladi.

















