O‘zbekiston | 08:05 / 16.11.2019
67509
2 daqiqa o‘qiladi

Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlarda o‘zgarish yuz beradi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Qurolli Kuchlaridagi harbiy unvonlarda o‘zgarish yuz beradi. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasi (Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tarkibi. Harbiy unvonlar) to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi:

Ma'lumot uchun, Qurolli Kuchlarda hozirgi vaqtda quyidagi harbiy unvonlar joriy etilgan:

Eslatib o‘tamiz, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga bo‘linadi.

Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga bo‘linadi.

Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qo‘shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi.

Mavzuga oid