Jahon | 08:43 / 10.05.2017
3120
2 daqiqa o‘qiladi

Serbiyaning Liviyadagi elchisi Tunisda avtofalokatga uchradi

Foto: AFP 2017 / Fadel Senna

Tunisning Suss shahrida Serbiyaning Liviyadagi elchisi Oliver Potejitsa yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohat oldi. Serbiya tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilinishicha, diplomat jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Ma'lum qilinishicha, elchining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda. Shifoxonada uni ko‘rgani Serbiya tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi Velko Odalovich kelgan. Ta'kidlanishicha,  Potejitsa Sussda "Tripolidagi elchixona ishi uchun zarur bo‘lgan" xizmat safari bilan bo‘lgan.

Tunis sog‘liqni saqlash vazirligi va Serbiya elchixonasi elchining sog‘ayib ketishi uchun barcha yordamni ko‘rsatmoqda. Shifokorlar diplomat hayoti uchun kurashmoqdalar.

Avariya qanday yuz bergani noma'lumligicha qolmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, YTH bir necha kun avval yuz bergan. Potejitsa avtomobilni o‘zi boshqarayotgan vaqtda mashina to‘satdan yo‘ldan chiqib ketgan.

Politsiya voqeaning barcha versiyalarini, jumladan terrorchilik yoki jinoiy guruhlar tomonidan hujum uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqmoqda. 

Mavzuga oid