Navoiy viloyati Tomdi tumanida yölovçi avtobus ağdarilib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.
Voqea 17 yanvar kuni soat 07:00 atrofida tumanning «Tomdibuloq» OFY hududidan ötgan A-379 Navoiy-Uçquduq xalqaro avtomobil yölining 189–190 kilometrlari oraliğida sodir bölgan.
Zhong Tong avtobusi haydovçisi Navoiy-Zarafşon yönalişi böylab harakatlanib kelib boşqaruvni yöqotgan. Oqibatda transport qarama-qarşi tomonga ağdarilib ketgan.
Hodisa tufayli jabrlangan ikki kişi Zarafşon şahar tibbiyot bölimiga yetkazilgan. Avtobusda jami qança odam bölganiga oydinlik kiritilmagan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, 5 yanvar kuni ham Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududida 47 nafar yölovçisi bölgan avtobus ağdarilib ketişi oqibatida ikki kişi voqea joyida halok bölgan, 9 kişi şifoxonaga yotqizilgandi.

















