O‘zbekiston | 18:18 / 17.09.2018
2592
2 daqiqa o‘qiladi

TIACA bosh kotibi Toshkentdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishini tasdiqladi

Shu yilning 20 sentabr kuni Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar“ mavzuidagi I Xalqaro konferensiya boshlanadi.

Anjumanda 50 dan ortiq mamlakatdan 340 nafar xorijiy mehmonlar, xususan, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Moldova, Pokiston, Polsha, Rossiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belarus, Germaniya, Gruziya, Misr, Hindiston, BAA, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Tsingapur, AQSh, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Sheytsariya va Yaponiya kabi davlatlar hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinishicha, Xalqaro yuk aviatashuvlari uyushmasi (TIACA) bosh kotibi Vladimir Zubkov ham mazkur forumda ishtirok etishini tasdiqlagan.

Ekspertning fikricha, konferensiya Markaziy Osiyo transport sektoridagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va o‘zaro maqbul yechimlarning mintaqaviy konsultatsion mexanizmini ishlab chiqishda muhim qadam bo‘ladi.

Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari“ MK fuqaro aviatsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda havo transportini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan sektsion yig‘ilishning tashkilotchisi hisoblanadi.

Mavzuga oid