Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada bezori o‘zini dispetcher qilib ko‘rsatib samolyotning qo‘nishiga yo‘l bermadi
Foto: © AFP
Avstraliyalik bezori Virgin kompaniyasi samolyoti uchuvchisi bilan bog‘lanib, uni qabul qiluvchi aeroport dispetcheri ekanligiga ishontira olgan. Samolyot qo‘nishga shay turganda, pranker undan yana balandlikka ko‘tarilishni talab qilgan. Samolyot ekipajiga bu buyruqni bajarishdan boshqa iloj qolmagan. Oqibatda yo‘lovchi samolyoti qo‘nish uchun ruxsatni kutgan holda Melburnning shimolidagi hudud ustida bir muddat uchib yurishiga to‘g‘ri kelgan. Samolyot biroz o‘tib muvaffaqiyatli qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Baxtli tasodif, voqea oqibatida hech qanday ko‘ngilsizlik yuz bermagan. Bu haqda "Vesti.ru" xabar bermoqda.
Biroq bezori bunda to‘xtab qolmagan. U dispetcherlik xizmati bilan bog‘lanib, samolyot uchuvchisi ekanini va uning samolyoti falokatga uchrayotganini aytgan. Bezori samolyotning dvigateli ishlamay qolgani va uning jamoasi nima qilishni bilmayotganini "ma'lum qilgan".
Umumiy hisobda bezori Melburn aeroportlariga 15 ta shunga o‘xshash qo‘ng‘iroq amalga oshirgan. Ayni vaqtda politsiya bezorini qidirmoqda. Unga bunday "sho‘xliklari" uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:50
Avstraliyada akulalar hujumidan keyin o‘nlab plyaj yopildi
18:18 / 13.01.2026
Meta Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning qariyb 550 ming akkauntini blokladi
18:29 / 17.12.2025
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
20:40 / 15.12.2025