Meta Platforms korporatsiyasi Avstraliyada 16 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş taqiqi natijasida öz platformalaridagi yarim milliondan ortiq ösmir akkauntlarini öçirib qöyganini e’lon qildi.

Meta uşbu davlatda taqiq kuçga kirganiga bir oydan sal köproq vaqt ötgaç – 4 dekabrdan 11 dekabrgaça 16 yoşdan kiçik foydalanuvçilarga tegişli deb hisoblagan 544 052 ta akkaunt öçirilgan. Şundan 330 639 tasi Instagramʼda, 173 497 tasi Facebookʼda va 39 916 tasi Threads'da bölgan.

«Qonunga doimiy rioya qiliş – bu biz yanada takomillaştirib boradigan köp qatlamli jarayon böladi. Biroq onlayn yoşni aniqlaş böyiça sanoat standarti yöqligi borasidagi xavotirlarimiz saqlanib qolmoqda», deyiladi Meta kompaniyasi 12 yanvar kuni e’lon qilgan bayonotda.

Avstraliya hukumati taqiq doirasiga kiradi deb e’lon qilgan 10 platforma 2025 yil 10 dekabrda yoşni tekşiriş tizimlarini joriy qilgan. Taqiq barça platformalardan özini baholaşni, taqiq ularga tatbiq etiladimi-yöqmi – aniqlaşni talab qiladi.

Şuningdek, Avstraliya hukumati agar ösmirlar boşqa platformalarga köçib ötsa, ularni ham rioya qilişga çaqirişini bildirgan.

Çapda: voyaga yetmagan akkaunt egalari kirişini bloklanişi şart bölgan platformalar. Öngda ruxsat berilganlari

Taqiq kuçga kirgaç, eSafety komissari idorasi platformalarga neçta akkaunt öçirilgani haqida savollar yuborgan, biroq hozirça bu ma’lumotlar e’lon qilinmagan. Federal hukumat ham taqiq darhol mukammal işlamasligini tan olgan.

The Guardian naşrining yozişiça, taqiq kuçga kirgaç, ösmirlar boş vazirning ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi izohlarda uni qanday çetlab ötayotganlari bilan maqtanişgan.

Hukumat qabul qilişidan oldin siyosatni tarğib qilgan federal muxolifat esa ötgan hafta taqiq ijrosi «muvaffaqiyatsiz çiqqanini» aytdi.