Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga 60 kishi qabul qilinadi
Foto: Davlat boshqaruvi akademiyasi
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga 2017-2018 o‘quv yilida 60 kishi qabul qilinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.
Qayd etilishicha, davlat granti bo‘yicha 24 kishi va to‘lov-shartnoma asosida 36 kishi o‘qishga qabul qilinadi.
Hujjatda aytilishicha, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga qabul tanlov asosida, faqatgina davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, respublikaning notijorat tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan, 40 yoshgacha bo‘lgan, oliy ma'lumotga ega va kamida 2 yil boshqaruv ishida xizmat qilgan shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Akademiya rektoriga qabul parametrlariga o‘zgartirish kiritish huquqi berildi.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025