Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kimlar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ya oladi?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016 yil 5 martdagi «Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq shu yil may-iyun oylarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylov bo‘lib o‘tadi.
«Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunning 17-moddasida qayd etilganidek, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi, qoida tariqasida, oliy ma'lumotli, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo‘lishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik sohasida ish tajribasiga, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e'tiborga ega bo‘lishi kerak.
Bu haqda «Mahalla» xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi, Oliy Majlis Senati Kengashining saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi a'zosi Jovdatxon Inog‘omov ma'lumotiga asoslanib, «O‘zA» xabar bermoqda.
Fuqarolar yig‘ini raisi mas'uliyatli lavozim bo‘lib, u mahalla organlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalari ijrosini tashkil etishi, davlat organlarida, yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda fuqarolar yig‘ini nomidan ish olib borishi hamda uning manfaatlarini ifodalashi zarur.
Bunday mas'uliyati, ayni paytda sharafli vazifa egasi o‘zining tashkilotchiligi, xulq-atvori, bilimi, ijtimoiy faolligi bilan ajralib turishi, el orasida obro‘-e'tibor qozongan bo‘lmog‘i darkor.
Mavzuga oid
19:21 / 01.01.2026
Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi
10:11 / 29.12.2025
Kosovo saylovlari: hukmron partiya g‘alaba qozondi
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
19:17 / 19.12.2025