Kosovoda hukmron “Özligini belgilaş” partiyasi mamlakat boş vaziri Albin Kurti rahbarligida navbatdan taşqari parlament saylovlarida işonçli ğalaba qozondi. Priştinadagi Markaziy saylov komissiyasi yakşanba, 28 dekabr kuni, deyarli barça saylov uçastkalaridan ovozlar sanab çiqilganidan söng ma’lum qilişiça, “Özligini belgilaş” 49,8 foiz ovoz töplagan.
Şu tariqa, partiya yangi çaqiriq parlamentdagi örinlarning qariyb yarmiga ega böladi va bir qator etnik ozçilik vakillari bilan birga hukumatda köpçilikni ta’minlay oladi, deb prognoz qilmoqda koha.net portali.
Dpa agentligi xabar berişiça, hukmron partiya tarafdorlari ğalabani nişonlaş uçun Priştina köçalarida avtokortej bilan aylanib, signal çalgan. Şahar ustida feyyerverklar ham uçirilgan. Kurtining özi ovoz berişni “halol, demokratik va erkin” deb atadi. Yangi mandat munosabati bilan hukumat oldida köp vazifalar turganini, “yaxşi işni davom ettiriş zarur” ekanini qöşimça qildi.
Muxolifatdagi “Kosovo Demokratik partiyasi” va “Kosovo Demokratik ligasi” mos ravişda 21 foiz va 13,6 foiz natija bilan ikkinçi va uçinçi örinlarni egallagan. Törtinçi örinda — sobiq boş vazir Ramuş Xaradinayga tegişli konservativ “Kosovo kelajagi uçun alyans” bölib, u 7,6 foiz ovoz olgan.
120 örinli parlamentda serb ozçiligiga 10 ta örin ajratilgan, boşqa etnik guruhlarga yana 10 tadan örin töğri keladi.
Kosovo parlamentiga joriy saylovlar — yil boşidan buyon ikkinçisi. 9 fevral kuni bölib ötgan muntazam saylovlardan söng 50 yoşli Kurti muxolifatdagi heç bir partiya bilan koalitsiya tuziş böyiça kelişolmagan va mutlaq köpçilikni ta’minlay olmagan edi.
Albin Kurti hukumati Kosovoning asosan şimolida yaşaydigan serb ozçiligiga nisbatan qat’iy yönalişni uşlab kelmoqda — mintaqada davlat nazoratini kengaytirmoqda. Xususan, serb valutasi (dinor)dan foydalaniş hamda Belgradning ijtimoiy tölovlariga boğliq bölgan kosovolik serblar uçun Serbiyadan pul ötkazmalarini amalga oşiriş taqiqlangan. Bu Yevropa Ittifoqi va AQŞda norozilik uyğotgan, şuningdek Priştina bilan Belgrad örtasidagi aloqalarning yanada keskinlaşişiga olib kelgan.
YeI Kosovodagi bir qator loyihalarni moliyalaştirişni töxtatişga qaror qildi va ularni qayta tiklaş uçun şartlar qöydi — Priştinadan mamlakat şimolidagi keskinlikni pasaytiriş böyiça qadamlar talab qilingan. AQŞ ham USAID (AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi) orqali Kosovodagi turli loyihalarni moliyalaştirişni 90 kunga muzlatgan.








