2020 yilda 6061 ta mahallada jinoyat sodir etilmagani ma'lum qilindi
2020 yilda respublikadagi 9145 ta mahallaning 6061 tasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning Senat qo‘mitasiga taqdim etilgan axborotida ma'lum qilindi.
Senat axborot xizmatining xabar berishicha, 30 iyul kuni Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida Ichki ishlar vazirining 2020 yil 6 oyi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo‘yicha axboroti dastlabki tarzda eshitilgan.
«2020 yilning birinchi yarmida umumiy jinoyatlarning 20497 tasi yoki 95,2 foizi fosh etilgan. Tergov organlari qidiruvida bo‘lgan 1 051 nafar shaxs ushlangan va 261 nafar bedarak yo‘qolganlar topilgan.
Ichki ishlar organlari tashabbusi bilan 4 158 ta jinoyat aniqlangan. Respublikadagi jami 9 145 ta mahallaning 66,3 foizida yoki 6 061 tasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan», deyiladi Senat xabarida.
Majlisda o‘tkazilgan o‘rganishlar ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatayotganligi qayd etilgan.
Senatorlar tomonidan joriy yilning 6 oyida respublika miqyosida 21535 ta jinoyat qayd etilgani ta'kidlanib, jinoyatchilik ko‘rsatkichi 100 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 63,3 tadan to‘g‘ri kelayotgani qoralangan.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida respublikada huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo‘yicha ichki ishlar vazirining axboroti ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Amaldagi tartibga ko‘ra, vazir bir yilda ikki marta parlement yuqori palatasida hisobot berishga majbur.
Mavzuga oid
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024