Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlarining logistika qo‘mondoni va UXXning Jitomir viloyati bo‘yicha boshqarma rahbari mudofaa inshootlari qurilishida davlat mablag‘larini talon-toroj qilishda gumonlanib, UXX ichki xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX)ning ichki xavfsizlik bo‘limi xodimlari Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlarining logistika bo‘yicha qo‘mondoni hamda UXXning Jitomir viloyati bo‘yicha boshqarma rahbarini qo‘lga oldi. UXXning Telegram-kanalida chorshanba, 25 fevral kuni e’lon qilingan xabarda aytilishicha, tergov davomida “figurantlar fortifikatsiya inshootlari qurilishi paytida davlat mablag‘larini o‘zlashtirish sxemasini tashkil etgani” aniqlangan.
“Ish materiallariga ko‘ra, gap strategik ahamiyatga ega obektlarda, jumladan mudofaa kuchlarining operativ aerodromlarida qo‘shimcha himoyani tashkil qilish haqida bormoqda”, — deyiladi xabarda.
UXX rahbari vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Xmara esa: “Biz xizmat va mudofaa kuchlarining boshqa tarkibiy qismlarini o‘zini o‘zi tozalash yo‘nalishini davom ettiryapmiz. Bu ishning o‘ta muhim yo‘nalishi, chunki urush paytidagi korrupsiyani xiyonatga tenglashtirish mumkin”, — dedi.
Xabarda qayd etilishicha, 2025 yil may oyida fortifikatsiya inshootlarini qurish uchun 1,4 mlrd grivna (o‘sha davr kurs bo‘yicha taxminan 30 mln yevro) ajratilgan. Biroq tekshiruvlar ko‘rsatishicha, loyihalar xavfsizlik talablariga javob bermagan, samolyotlar uchun yetarli himoyani ta’minlamagan va ishlar qiymati sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan.
“Tekshiruvlarni to‘xtatish va mablag‘lar sarfini yashirish uchun, tergov versiyasiga ko‘ra, mansabdorlar taxminan 13 mln grivna miqdorida noqonuniy haq (pora) berishni tashkil qilgan. UXX ichki xavfsizlik xodimlari ikkala figurantni ham 320 ming AQSh dollarini topshirish jarayonida ‘jinoyat ustida’ ushladi”, — deb xabar qildi Ukraina Xavfsizlik xizmati.
“RBK-Ukraina” agentligi o‘z manbalariga tayanib bildirishicha, UXX ichki bo‘limi operatsiyasi chog‘ida ikki polkovnik qo‘lga olingan: Havo kuchlari logistika qo‘mondoni Andrey Ukrainets va UXXning Jitomir viloyatidagi rahbari Vladimir Kompanichenko. Ularga Ukraina Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha gumon e’lon qilish tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026