Jahon | 08:58 / 14.07.2025
2007
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilning G‘azoga hujumida 39 falastinlik, jumladan, bolalar halok bo‘ldi

Isroil harbiylari G‘azoning turli hududlaridagi uylar, chodirlar va fuqarolar yig‘iladigan joylarni nishonga oldi.

Foto: Anadolu Agency

Isroilning G‘azo sektorining turli hududlariga uyushtirgan hujumlarida 39 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi.

Kasalxonadagi manbalar va guvohlarga ko‘ra, Isroil harbiylari G‘azoning turli hududlaridagi uylar, chodirlar va fuqarolar yig‘iladigan joylarni nishonga olgan.

G‘azo shahridagi G‘azo Islom universiteti yaqinida qochqinlar uchun boshpana vazifasini o‘tagan binoga havo hujumi oqibatida to‘rt falastinlik halok bo‘ldi.

Isroilning G‘azo shahri sharqidagi Tuffah tumanidagi uyga uyushtirgan havo hujumida 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 10 nafari yaralandi.

Isroilning G‘azo shahrining Shayx-Ridvon tumanida uyga uyushtirgan hujumi oqibatida bir oilaning 3 a’zosi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar tan jarohati oldi. Rimal tumanidagi uyga uyushtirilgan hujumda yana ikki falastinlik halok bo‘ldi.

Dayr-al-Balah shahrida ikkita havo hujumi oqibatida yetti nafar falastinlik halok bo‘ldi. Shaharning sharqiy qismidagi uyga uyushtirilgan hujumda ikki falastinlik ayol hayotdan ko‘z yumdi.

Isroil havo kuchlarining Dayr-al-Balahdagi kasalxona yaqinida ko‘chirilgan tinch aholi yashaydigan chodirga uyushtirgan hujumida yana 3 nafar falastinlik halok bo‘ldi.

Isroilning Nusayrat qochqinlar lagerining Husayniya hududidagi uyga uyushtirgan hujumi natijasida bir qiz halok bo‘ldi, ko‘plar yaralandi.

G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunus shahri yaqinidagi Al-Mavasi hududida isroilliklarning ko‘chirilgan tinch aholi yashaydigan chodirlarga uyushtirgan hujumi oqibatida 11 falastinlik, jumladan bir ayol va bolalar halok bo‘ldi.

Xon-Yunus sharqidagi Shayx Nosir hududida Isroilning hujumi oqibatida yana ikki falastinlik halok bo‘ldi.

Mavzuga oid