Navoiyda voyaga yetmagan qizni o‘nga yaqin kishi zo‘rladi. Ulardan biri shu ishni tergov qilgan tergovchi
Kun.uz manbalariga ko‘ra, hozirda tergovchi qamoqqa olingan. Ish yuzasidan besh yigitga turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Ularning 3 nafari voyaga yetmagan. Hozirda ushbu voyaga yetmagan qizni yana uch yigit zo‘rlagani holati yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Navoiy shahrida 16 yoshga to‘lmagan qizni bir nechta yigit zo‘rladi. Kun.uz mazkur jinoyat ishi bilan bog‘liq sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, 2023 yilning dekabr oyida Navoiy shahrida joylashgan muzqaymoq shoxobchasi yerto‘lasida bir nechta yigit 2008 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan qizni navbati bilan zo‘rlagan. Ayblangan yigitlarning eng kattasi 23, eng kichigi esa 18 yoshda.
Navbahor tumanida yashovchi, o‘sha vaqtda maktab o‘quvchisi bo‘lgan 18 yoshli yigit Navoiy shahridagi istirohat bog‘ida o‘rnatilgan attraksionda erkin yollanma ishchi bo‘lib ishlagan. 2023 yil 4 dekabr kuni soat 21:00lar atrofida uning yoniga oldindan tanish bo‘lgan voyaga yetmagan qiz kelgan. Ular biroz gaplashib turgach, yigit qizni attraksion yonidagi yerto‘laga olib tushgan va u bilan g‘ayritabiiy usulda jinsiy aloqada bo‘lgan. So‘ngra yerto‘laga navbati bilan yana uchta yigit kirib chiqqan. Yana bir yigit qizni tergov davomida aniqlashning imkoni bo‘lmagan manzilga olib borib, o‘sha yerda bir necha kun birga yashagan hamda u bilan jinsiy aloqada bo‘lgan.
Holat yuzasidan 6 nafar yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining 2024 yil 7 iyundagi hukmi bilan yigitlarning uchtasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “a” bandida (takroran, xavfli retsidivist tomonidan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish), ikkitasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismida (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Sud hukmi bilan sudlanuvchilarning ikki nafariga 3,5 yil, bir nafariga 4,5 yil va bir nafariga 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Navoiy shahar IIB tergovchisi (tergovchining ismi sharifi tahririyatga ma’lum) mazkur ishni tergov qilish jarayonida, ya’ni 2024 yilning yanvar oyida Toshkentda malaka oshirish o‘quv kursida bo‘lib turgan vaqtda, ushbu voyaga yetmagan qizni Toshkent shahriga chaqirib, u bilan jinsiy aloqa qilgan. Buni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil bo‘lgan ikki manbasi tasdiqladi. Manbalarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan ish ochilib, tergovchi ham qamoqqa olingan.
Shuningdek, hozirda yana uch yigitning yuqorida aytilgan jinoiy ishda javbrlanuvchi bo‘lgan voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlik holati bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ushbu holat bo‘yicha Kun.uz so‘rovini javobsiz qoldirdi. Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati esa bu ishdan xabarsiz ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

18:21 / 09.04.2025
Noqulay sharoitlarda ishlovchi ayrim xodimlarga ustama to‘lanadi

09:47 / 17.03.2025
Abduqahhor Mullajonov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

14:02 / 04.03.2025