Navoiy şahrida 16 yoşga tölmagan qizni bir neçta yigit zörladi. Kun.uz mazkur jinoyat işi bilan boğliq sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 2023 yilning dekabr oyida Navoiy şahrida joylaşgan muzqaymoq şoxobçasi yertölasida bir neçta yigit 2008 yilda tuğilgan, voyaga yetmagan qizni navbati bilan zörlagan. Ayblangan yigitlarning eng kattasi 23, eng kiçigi esa 18 yoşda.

Navbahor tumanida yaşovçi, öşa vaqtda maktab öquvçisi bölgan 18 yoşli yigit Navoiy şahridagi istirohat boğida örnatilgan attraksionda erkin yollanma işçi bölib işlagan. 2023 yil 4 dekabr kuni soat 21:00lar atrofida uning yoniga oldindan taniş bölgan voyaga yetmagan qiz kelgan. Ular biroz gaplaşib turgaç, yigit qizni attraksion yonidagi yertölaga olib tuşgan va u bilan ğayritabiiy usulda jinsiy aloqada bölgan. Söngra yertölaga navbati bilan yana uçta yigit kirib çiqqan. Yana bir yigit qizni tergov davomida aniqlaşning imkoni bölmagan manzilga olib borib, öşa yerda bir neça kun birga yaşagan hamda u bilan jinsiy aloqada bölgan.

Holat yuzasidan 6 nafar yigitga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudining 2024 yil 7 iyundagi hukmi bilan yigitlarning uçtasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “a” bandida (takroran, xavfli retsidivist tomonidan ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş), ikkitasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismida (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş yoki jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvçilarning ikki nafariga 3,5 yil, bir nafariga 4,5 yil va bir nafariga 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Navoiy şahar IIB tergovçisi (tergovçining ismi şarifi tahririyatga ma’lum) mazkur işni tergov qiliş jarayonida, ya’ni 2024 yilning yanvar oyida Toşkentda malaka oşiriş öquv kursida bölib turgan vaqtda, uşbu voyaga yetmagan qizni Toşkent şahriga çaqirib, u bilan jinsiy aloqa qilgan. Buni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil bölgan ikki manbasi tasdiqladi. Manbalarga köra, mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan iş oçilib, tergovçi ham qamoqqa olingan.

Şuningdek, hozirda yana uç yigitning yuqorida aytilgan jinoiy işda javbrlanuvçi bölgan voyaga yetmagan qizni zörlaganlik holati böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov uşbu holat böyiça Kun.uz sörovini javobsiz qoldirdi. Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati esa bu işdan xabarsiz ekanini bildirdi.