Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Suriyada insonlar qalbini larzaga soluvchi holat yuz berdi
Alloh taolo Qur'oni karimning «Isro» surasi, 70-oyatida shunday marhamat qiladi:
Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qo‘ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O‘zimiz yaratgan ko‘p jonzotlardan afzal qilib qo‘ydik.
Bundan tashqari, Muhammad (s.a.v) o‘zlarining muborak hadisi shariflarida shunday marhamat qiladilar: “Mo‘min kishi Alloh taolo nazdida farishtalardan ham mukarram va afzaldir”.
Biz bu muqaddas so‘zlarni nega yodga olayapmiz? Inson Yer sayyorasidagi barcha jonzotlardan ustun. Nega? Unda aql, iymon bo‘lgani uchun. Ana shu xislatlar tufayli ham u Inson nomi bilan ataladi, yuritiladi.
Xo‘sh, agar unda mana shu xislatlar bo‘lmasachi, unda kim bo‘ladi? Inson qiyofasidagi hayvonlar, shaytonlar bo‘ladi. Rahmatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh bu gaplarni aytganlarida, nimani yoki kimni nazarda tutayaptilar, deb o‘ylagan edim...
Yaqinda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bir ta'sirli video joylashtirildi. Unda bir oylik chaqaloqni portlash vayronasi ostidan qutqarib qolgan, uning uchun Allohga yolvorib duo qilgan suriyalik qutqaruvchi tasvirlangan. Shukr-ki, qizcha qutqarib qolingan.
Qisqa vaqtli videoni qayta-qayta ko‘rish orqali shu narsaga amin bo‘ldim-ki, inson yoki farishtaga teng bo‘lar ekan yoki tuban maxluq. Buni suriyalik qutqaruvchi singari insonlar yoxud bir oylik chaqaloqni shu holga solgan insonlar qiyofasida ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
14:07 / 27.12.2025
Yekaterinburgda tashlab ketilgan o‘zbekistonlik chaqaloq vatanga qaytarildi
14:03 / 25.12.2025
Masqatda hujjatsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
10:01 / 23.12.2025
Bashar Asadning Moskvadagi hayoti: u nimalar bilan mashg‘ul?
09:41 / 20.12.2025