Hujjatni hukumatdagi kuçlar — XDI/XSI xristian partiyalari bloki va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) deputatlari qöllab-quvvatladi, unga qarşi esa öta öng “Germaniya uçun muqobil”, şuningdek “Ittifoq-90/Yaşillar” va Söl partiya a’zolari ovoz berdi. Natijada Germaniyada hukmron “katta koalitsiya” 2024 yilda YeI darajasida qabul qilingan islohotni milliy qonunçilikka köçirdi.
Islohotning asosiy elementlari — keluvçilarning şaxsini majburiy tekşiriş, şuningdek qoçqin maqomini oliş ehtimoli past bölgan mamlakatlardan kelganlarning boşpana sörovlarini YeIning taşqi çegaralarida körib çiqişdir. Yevropaning markazida joylaşgan Germaniya uçun bu, asosan, xalqaro aeroportlar va dengiz portlariga nisbatan tatbiq etiladi. Rad etilgan taqdirda, boşpana sörovçilari öşa joyning özidayoq deportatsiya qilinişi mumkin.
Yevropa Ittifoqining boşqa bir davlatida boşpana söraganlar uçun tartib-taomillar qisqartirilişi kerak. Ayrim hollarda migrantni u uçun javobgar bölgan davlatga qaytariş uzoqroq muddat içida ham mumkin böladi — masalan, odam vaqtinça hokimiyatdan yaşirinib yursa. Mamlakatlar Germaniyani tark etişi lozim bölganlar (çunki ular uçun YeIning boşqa davlati javobgar) uçun majburiy “ikkilamçi migratsiya markazlari”ni taşkil etişi mumkin.
Qabul qiliş muassasalarida yaşaydigan boşpana sörovçilar Germaniyada işlaşni uç oydan keyin boşlaşi mumkin böladi. Hozirgi kunda ular uçun amalda olti oylik işga joylaşiş taqiqi mavjud. Bunday muassasalarda yaşamaydiganlar uçun uç oylik muddat amal qiladi. Federal mehnat agentligi ayrim hollarda birlamçi qabul muassasalarida yaşovçilar uçun istisno qiliş huquqiga ega böladi.
GuM qat’iylaştirişlarni yetarliça emas deb tanqid qildi. Deputat Maksimilian Kra: “Siz bu yerda taqdim qilayotgan narsa — bu masxarabozlik”, — dedi. “Yaşillar”dan deputat Lukas Benner esa, aksinça, qonunni “1993 yildan beri boşpana huquqi böyiça eng katta qat’iylaştiriş” deb atadi va koalitsiyani öz imkoniyatlaridan “haddan taşqari qattiqqöllik bilan” foydalanganlikda aybladi. Xususan, boşpana sörovçilarning harakatlaniş erkinligini çeklaş haqida u bu “notöğri va konstitutsiya nuqtai nazaridan juda muammoli” ekanini bildirdi.
Söl partiya fraksiyasidan Klara Byunger islohot içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt va’da qilgan tartib örniga “köproq tartibsizlik, azob-uqubat va huquqsizlik” olib kelişi mumkinligini aytdi. Dobrindt esa öz navbatida, islohotni muhim oldinga qadam deb atab, Yevropa migratsiya siyosati yillar davomida “işlamay kelgani”ni ta’kidladi.

















