Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 400 mingdan ziyod oilaga budjetdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilindi.
Prezident farmonga ko‘ra, «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yanada kuchaytirish maqsadida hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mutasaddi idoralar tomonidan shakllantirilgan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlari («temir daftar»)ga kiritilgan va a'zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilanmoqda.
Bir martalik moddiy yordam pullarini ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxatlariga kiritilgan oilalarga 2020 yil 15 avgustga qadar yetkaziladi.
Prezident farmonida belgilanishicha, koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish maqsadida hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan:
- moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlari («temir daftar»)ga kiritilgan oilalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasining hududiy bo‘limlariga — 200 milliard so‘m;
- tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga (vrachlar, feldsherlar, sanitarlar va haydovchilar) bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish uchun — 100 milliard so‘m;
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondiga 150 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda.
Mavzuga oid
15:26 / 27.12.2025
Yagona milliy ijtimoiy himoya: oilalar 3 toifaga ajratiladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
19:51 / 24.12.2025
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi
21:24 / 17.12.2025