Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar ayrim ta’lim tashkilotlariga tuman (shahar) komissiyasi qarori asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi yo‘llanmasi bilan joylashtirilishi mumkin. Ular bepul qabul qilinib, sinovlar va qo‘shimcha imtihonlar talab etilmaydi.
Tegishli farmonga muvofiq, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar ayrim belgilangan ta’lim tashkilotlariga Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi qaroriga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligining yo‘llanmasi asosida joylashtirilishi mumkin.
Yo‘llanma asosida yuboriladigan mazkur toifadagi bolalar ta’lim tashkilotlariga bepul asosda, sinovlar va qo‘shimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi.
Shuningdek, har o‘quv yili yakunida vazirlik va idoralar tomonidan tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarining qabul kvotasi tasdiqlanishida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar uchun 5 foizgacha qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.
Bundan tashqari, Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklanmoqda. Xususan, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek hududiy komissiyalar tomonidan ko‘rilayotgan choralarning natijadorligi o‘rganiladi.
Shu bilan birga, qo‘shimcha kvota asosida ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalarning xulq-atvori va o‘zlashtirishi tahlil qilib boriladi.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
18:46 / 08.07.2026
Smartfondan real ijodga: robototexnika bolalarni qanday rivojlantiradi?
16:32 / 29.06.2026
Avstraliya yo‘li tanlanadimi? O‘zbekistonda ham bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanishi mumkin
16:25 / 29.06.2026