Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron rasmiysi: Rossiya 12 kunlik urush paytida Isroilga razvedka ma’lumotlarini bergan
«Moskva bilan strategik ittifoq befoyda. Rossiya faqat Isroilning Eronga hujumini ma’qullamasligini aytdi, lekin amalda unga yordam berdi», dedi eronlik siyosatchi.
Eronning siyosiy maqsadga muvofiqlikni aniqlash kengashi a’zosi Said Muhammad Sadrning aytishicha, iyun oyida Eron va Isroil o‘rtasidagi 12 kunlik mojaro paytida Rossiya Isroilga Eron havo hujumidan mudofaa tizimlarining joylashuvi haqidagi razvedka ma’lumotlarini bergan. Bu haqda u Seenergyir kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozdi «Kommersant».
Sadrning so‘zlariga ko‘ra, voqealar rivoji shuni ko‘rsatdiki, «Moskva bilan strategik ittifoq befoyda»: «Rossiya faqat Isroilning Eronga hujumini ma’qullamasligini aytdi, lekin amalda unga yordam berdi».
Sadr Moskvaning boshqa davlatlar bilan hamkorligiga ham misol keltirdi: «Masalan, Turkiya – NATO a’zosi. NATO qanday tashkilot? U Rossiyaga qarshi. Rossiya Turkiyaga S-400 tizimini sotishga rozi bo‘ldi. Bu biz uzoq vaqtdan beri muhokama qilib kelayotgan strategik hamkorlik haqida emas».
Shu bilan birga, u Moskva va Tehron o‘rtasidagi munosabatlar saqlanib qolishi kerakligini, biroq «Rossiyaga ishonib bo‘lmasligini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
13:42
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
15:51 / 02.12.2025
Netanyahu qanday ayblovlar uchun afv so‘ramoqda va buning imkoni bormi?
13:59 / 02.12.2025
“Netanyahu uchun qulay siyosiy fon yaratilyapti” - Farhod Karimov
18:14 / 30.11.2025