Jamiyat | 13:03 / 30.11.2016
9434
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada qirg‘oqdan 10 kilometr uzoqlikdagi molxonada dengiz mushugi topildi

Foto: National Parks and Wildlife Service

Avstraliyaning Bega shahri fuqarolari molxonalardan biridagi o‘tzorda yangi zelandiya dengiz mushugini topishdi. Shunisi qiziqki, dengiz qirg‘og‘ini bu yerdan deyarli bir necha o‘n kilometr masofa ajratib turadi. Bu haqda “Bi-bi-si” telekanali Avstraliya milliy bog‘lar va yovvoyi tabiat Xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

Mutaxassislarning fikricha, qishloq joydagi molxonaga tyulen daryo va soylar tarmog‘i orqali kelgan bo‘lishi mumkin. Bu jonivorlar doimiy tarzda shundan uzun masofalarga “sayohat” qilishadi. Oxir-oqibat dengiz mushugi yuk mashinasiga joylashtirilib, qirg‘oqqa olib borib qo‘yildi.

Foto: National Parks and Wildlife Service

— Mushuklar uzoq vaqt davomida suvsiz qolishi mumkin. Bu holatda ular tezda charchab, isib ketadi, - deya aytib o‘tdi Sindeyning “Taronga” hayvonot bog‘idagi dengiz sutemizuvchilari bo‘limi rahbari Endryu Irvin.

Ma'lumot uchun, 19-20 asr davomida yangi zelandiya dengiz mushuklari ularga qilingan doimiy ov tufayli yo‘qolib ketishi arafasida edi. Biroq, hozirgi kunda jonivorlarni himoya qilish tashkiloti xodimlari va olimlar tomonidan ularning populyatsiyasi tiklandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid