Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
Ushbu chora aholini shaxsiy avtomobildan foydalanishdan voz kechishga undash maqsadida joriy etilmoqda. Viktoriya shtatida bir oy davomida, Tasmaniyada esa iyulgacha jamoat transportida yurish bepul bo‘ladi.
Avstraliyaning Viktoriya va Tasmaniya shtatlarida aholi jamoat transportida bepul yurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mahalliy hokimiyat yonilg‘i inqirozi davom etayotgani sababli ana shunday choraga qo‘l urishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi SBS telekompaniyasi.
Ushbu chora aholini shaxsiy avtomobildan foydalanishdan voz kechishga undash maqsadida joriy etilmoqda. Bu esa o‘z navbatida yonilg‘iga bo‘lgan talabning kamayishiga olib keladi.
Viktoriya shtatida bir oy davomida, Tasmaniyada esa iyulgacha jamoat transportida yurish bepul bo‘ladi.
Avstraliyaning boshqa shtatlari hokimiyatlari esa yonilg‘i inqirozi davrida aholini qo‘llab-quvatlashning boshqa ko‘rinishlariga e’tibor qaratilishini bildirdi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
17:55 / 25.05.2026