Jahon | 07:26 / 03.12.2025
6755
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiyadagi ulkan «Mukaab» poydevori sun’iy yo‘ldoshdan qayd etildi

Yangi sun’iy yo‘ldosh suratlari Ar-Riyodda barpo etilayotgan ulkan «Mukaab» majmuasi qurilish maydonida g‘oyat katta poydevor chuquri tayyor bo‘lganini ko‘rsatdi. Endi yana bir muhim bosqich boshlandi: yer qatlamini dunyodagi eng yirik inshootlardan biri uchun ishonchli poydevorga aylantiradigan ulkan qazish va burg‘ilash ishlari boshlandi. Bu jarayon yil yakunigacha davom etadi.

Foto: SaudiProject

«Mukaab» — faqat nom emas, balki falsafa. Har biri 400 metrlik tomonlarga ega monolit kub poytaxtning yangi ramziga, uning jasur me’moriy manifestiga aylanadi. Ammo loyihaning eng katta siri ichida yashirin: yagona fasad ortida «shahar ichidagi shahar» joylashadi — turar joy mavzelari, mehmonxonalar va ko‘ngilochar markazlar bilan birga.

«Mukaab» New Murabba («Yangi Murabba») loyihasining yuragi hisoblanadi. Uning vazifasi — Ar-Riyodning shimoliy-g‘arb qismida zamonaviy va hayot to‘la ulkan markazni yaratish. Uning atrofiga, shu jumladan, 2034 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun stadion, shuningdek, yashash, savdo-sotiq va ko‘ngilochar maqsaddagi keng hududlar kiradi.

Foto: Copernicus
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid