Jamiyat | 14:09 / 26.04.2021
4990
6 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda aholi xonadonlariga sabzavot ko‘chati va urug‘lari tarqatildi

Tomorqadan unumli foydalanish haqda minbarda qilingan ma'ruzadan ko‘ra, eng yaxshi urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish, sohadan katta daromad olgan dehqonlar bilan tomorqaning o‘zida uchrashuvlar tashkil etib, qay tartibda ekish va parvarishlashni muhokama etish, tajriba almashish ming chandon foydaliroq albatta.

Shu maqsadda Samarqandga vodiyning uch viloyatidan eng tajribali, bir parcha yerdan ham yaxshi daromad ko‘rayotgan dehqonlar va mutaxassislar taklif etildi. Mehmonlar, “Tomorqa xizmati” korxonalari, tumanlardagi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda O’zLiDeP partiyasining vakillari ishtirokida xonadonlarda bo‘lishdi.

Shu bilan birga viloyatdagi 14 ta tumanda Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda Samarqand viloyatining tajribali dehqonlari, “Tomorqa xizmati” va eksportyor korxonalari mutaxassislari ishtirokida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha ko‘rgazmali amaliy seminarlar ham o‘tkazildi.

Uchrashuv va seminarlar davomida Kengashning Farg‘ona, Andijon Namangan viloyatlaridan keltirilgan hamda Samarqand viloyatida yetishtirilgan 107 ming 800 tup sabzavot ko‘katlari (pomidor, baqlajon, bulg‘or qalampiri va boshqa turdagi sabzavot ko‘chatlari) hamda 67.3 kg sabzavot urug‘lari seminarlarda qatnashgan “Temir” va “Ayollar” daftarlariga kiritilgan fuqarolarga bepul tarqatildi.

Ularga mohir dehqon va mutaxassislar bu urug‘lardan qay tartibda yuqori hosil olish va daromad qilish bo‘yicha tajribalarini so‘zlab berdi. Shuningdek, bu boradagi dunyo va yurtimizdagi ilg‘or tajribalar haqda ham ma'lumot berildi. 

Kengash tomonidan chop etilgan ilg‘or tomorqachilik tajribasi jamlangan 270 dona qo‘llanma kitoblar tarqatildi.

Yuqoridagi kabi ko‘rgazmali seminarlar viloyat miqyosida 63 marta o‘tkazildi.

Tomorqadan yaxshi daromad olishning yana bir usuli — issiqxona. Ishchi guruh a'zolari viloyatning barcha tumanlarida xonadonma-xonadon yurib, tomorqa yer egalariga issiqxona qurish va unda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha ham o‘z tavsiya va maslahatlarini bermoqda.

Bundan tashqari, Namangan viloyatidan Murodxon Saidahmedov hamda Baxtiyor Vohidov boshchiligida tashrif buyurgan bir guruh dehqonlar o‘zlarining boy tajribalari bilan Kattaqo‘rg‘on tumani dehqon va tomorqachilar bilan o‘zaro tajriba almashishdi.

Kengash raisining o‘rinbosari sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi Husniddin Karimov boshchiligida Paxtachi, Narpay, Ishtixon, Nurobod, Samarqand hamda Past Darg‘om tumanlari kengashlari raislari va “Tomorqa xizmati” MChJlari ishtirokida Kattaqo‘rg‘on tumani “Mundiyon” mahallasida 1-sotixli ixcham issiqxona qurish, ekin ekish masalalari bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, uyma uy yurish orqali Kengash ishchi guruhlari, mahalla faollari bilan birgalikda 23 aprel kuni 18 mingdan ortiq xonadonga targ‘ibot ishlari olib borildi.

Viloyatda bahorgi ekiladigan 50 gektardan ziyod tomorqa yerlaridan joriy yil 21 aprel holatiga 91.7 foizi ekishga tayyorlandi. Bahorgi ekinlar ekilgan maydon 43 864 gektar bo‘lsa, shundan sabzavotlar 23 509 ga, kartoshka 11 829 ga, dukkakli ekinlar 2 344 ga, poliz 1 108 ga, boshqa ekinlar 5 074 ga.ni tashkil etadi.

Misol uchun: Samarqand viloyatida 631.4 ming aholi xonadonlari va dehqon xo‘jaliklaridagi 69.6 gektarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Aholi tomorqalarida 19.4 ming ming gektar maydonda kuzgi to‘qsonbosti ekinlar ekilgan (sarimsoqpiyoz, piyoz, ko‘katlar, karam, sabzi, va boshqalar), bugungi kunda parvarishlanmoqda.

Bulardan tashqari erta bahorda Kengash huzuridagi Quva tomorqachilik markazidan 126 ming tup keltirilgan mevali daraxt ko‘chatlari, viloyat aholisiga arzon narxlarda tarqatildi.

Misol uchun: Jomboy tumaniga 45 ming tup, Narpay tumaniga 26 ming tup, Ishtixon tumaniga 25 ming tup, Kattaqo‘rg‘on tumaniga 10 ming tup, Urgut tumaniga 10 ming tup, Bulung‘ur tumaniga 10 ming tup har xil turdagi mevali daraxtlar ko‘chatlari arzonlashtirilgan narxlarda tarqatildi.

Yana bir ma'lumot, Kengash huzuridagi Jamg‘armadan joriy yilda 4 mlrd. 888 mln, jumladan mart oyida 2.8 mlrd so‘m imtiyozli kredit resurslari aholi tomorqalariga bahorgi ekinlar, mevali bog‘ va uzum ko‘chatlari ekish, ixcham issiqxonalar barpo qilish, “Ayollar”, ”Yoshlar” daftaridagi fuqarolarga ko‘maklashish, Tomorqa xizmati korxonalari faoliyatini kengaytirish uchun ajratilgan va rasmiylashtirib berilmoqda.

Jumladan, Narpay tumaniga 1 mlrd. 212 mln, Bulung‘ur tumaniga 298 mln,   Kattaqo‘rg‘on tumaniga 956 mln, Nurobod tumaniga 306 mln, Past Darg‘om tumaniga 538 mln, Urgut tumaniga 387 mln so‘m mablag‘lar ajratilgan.

“Ayollar” daftaridagi 1660 nafar xonadon egalariga salohiyatli fermerlar va tomorqa xizmati korxonalari biriktirildi, 417 nafar xotin-qizlarning 17 gektar yer maydonlari “Tomorqa xizmati” MChJlari tomonidan to‘liq shudgorlanib ekishga tayyorlab berildi hamda 8 ming 980 tup mevali daraxt ko‘chatlari, 7,6 tonna kartoshka urug‘ligi va 47 kg sabzavot urug‘lari yetkazib berildi.

Akbar Norqo‘ziyev,
Samarqand viloyati fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi.

Mavzuga oid