Termizda O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi
Bugun O‘zbekiston va Hindiston Mudofaa vazirliklari bo‘linmalari o‘rtasida "Termiz" harbiy poligonida "Do‘stlik" qo‘shma harbiy o‘quv mashg‘ulotlarining beshinchi davrasi boshlanmoqda.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, bu ikki davlat o‘rtasidagi beshinchi harbiy mashg‘ulot bo‘lmoqda. 2019 yildan buyon shu paytgacha "Do‘stlik" mashg‘ulotlari har ikki davlatda ikki martadan o‘tkazilgan.
Avvalgilaridan farqli ravishda navbatdagi qo‘shma tadbirda tomonlarning 60 nafardan harbiy xizmatchisi ishtirok etmoqda. Shuningdek, quruqlikdagi qo‘shinlar vakillariga harbiy havo kuchlari mutaxassislari ham qo‘shilgan.
Mashg‘ulotlarda harbiy bo‘linmalar o‘rtasida terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda muvofiqlashtirilgan harakatlar va jipslikni oshirishga asosiy e’tibor qaratiladi.
O‘zbekistonda tashkil etilayotgan hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Hindiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.
Xususan, Doordarshan milliy telekanali, Asian News International axborot agentligi, The Economic Times gazetasi, The Print axborot portali va boshqa ommabop manbalarda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarning tarixi va ahamiyati haqida maqolalar chop etildi.
Ikki davlat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlik rejasiga muvofiq tashkil etilgan mashg‘ulotlar 28 aprelgacha davom etadi.
Mavzuga oid
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024