Bir yil davomida uç milliondan ortiq amaldor Hindistonning har bir fuqarosini hisobga oliş bilan şuğullanadi.

Hindiston tarixida ön oltinçi, 1947 yilda mustaqillikka erişilganidan beri sakkizinçi bor ötkazilayotgan aholini röyxatga oliş jarayoni dunyoning eng aholisi köp mamlakati uçun siyosatni şakllantiriş, ijtimoiy farovonlik va siyosiy vakillik uçun juda muhim hisoblanadi.

BMTning Aholi jamğarmasi ma’lumotlariga köra, 2023 yilda Hindiston 1,4 milliarddan ortiq aholisi bilan Xitoyni ortda qoldirdi.

Tuğiliş darajasining pasayişi va örtaça yoşning 28 yoş ekanligi bois u dunyodagi eng yoş mamlakatlardan biri sifatida qolmoqda — aholining qariyb 70 foizi mehnatga layoqatli yoşda.

Aholini röyxatga oliş oxirgi marta 2011 yilda ötkazilgan, 2021 yildagi röyxatga oliş esa pandemiya sababli keçiktirilgan, keyinçalik ma’muriy va saylov masalalari tufayli yana ortga surilgan — bu ön yillik röyxatga oliş öz vaqtida ötkazilmagan ilk holat böldi.

Uşbu amaliyot doirasida 36 ta ştat va federal hudud, 7000 dan ortiq kiçik tumanlar, 9700 dan ortiq şaharlar va qariyb 640 000 ta qişloq qamrab olinadi. Yozuv-çizuv işlari esa odatdagidek maktab öqituvçilari, davlat xizmatçilari va mahalliy amaldorlardan iborat röyxatga oluvçilar tomonidan amalga oşiriladi.

Aholini röyxatga oliş ilk bor raqamli şaklda ötkaziladi: röyxatga oluvçilar ma’lumotlarni yiğiş va yuklaş uçun mobil ilovalardan foydalanadi.

Hukumat aholiga mustaqil tarzda röyxatdan ötiş imkonini yaratdi — fuqarolar öz ma’lumotlarini 16 tildagi onlayn portal orqali taqdim etişlari mumkin.

Ikki bosqiçli xonadonbay örganiş ötkaziladi.

Birinçi bosqiçda uy-joy va mulk röyxatga olinadi - oilalarning yaşaş şaroiti, qulayliklar va mulkiga oid ma’lumotlar töplanadi.

Ikkinçi bosqiç — aholini röyxatga oliş 2027 yil fevralga rejalaştirilgan bölib, demografiya, ta’lim, migratsiya va tuğilişga oid batafsil ma’lumotlarni töplaşni öz içiga oladi.

Bunda şuningdek, uzoq vaqtdan beri muhokama qilinayotgan va siyosiy jihatdan nozik masala bölgan kastalarni hisobga oliş ham közda tutilgan.

Bu jarayon dastlab ayrim hududlar — Andaman va Nikobar orollari, Dehli, Goa, Karnataka, Mizoram va Odişada ötkaziladi.