Jahon | 07:38
3506
2 daqiqa o‘qiladi

Shaharlar kengayyapti: 2025 yilda eng yirik megapolislar reytingi

2050 yilga borib, prognozlarga ko‘ra, Yer aholisining 68 foizi shaharlarda yashaydi - bugun bu ko‘rsatkich 55 foizga teng. Urbanizatsiyaning bu shiddatli jarayoni allaqachon dunyodagi eng yirik megapolislar qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi.

Foto: REUTERS

Sayyoraning eng yirik megapolisi — agar u sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va aholi ro‘yxatga olish ma’lumotlari asosida o‘lchansa — Xitoyning Guanchjou shahri hisoblanadi. Ajablanarlisi shundaki, yarim asr ichida uning aholisi qariyb 20 baravar ko‘paygan — bu Xitoy iqtisodiyotining jadal yuksalishi natijasi.

Taqdim etilgan infografikada Yevropa komissiyasi ma’lumotlari asosida, Our World in Data loyihasi tomonidan jamlangan va qayta ishlangan statistikaga tayanib, dunyodagi eng yirik megapolislarning o‘sishi ko‘rsatilgan. 1975 yildan beri Guanchjou aholisi 40,9 million kishiga oshgan — bu butun Kanada aholisi soniga taqqos keladi.

Eng tez o‘sish ayniqsa 1990-yillarga to‘g‘ri kelgan: savdo va sanoat rivoji keskin tezlashib, aholi oqimini kuchaytirgan. Daryo deltasida, Hongkongning shimolida joylashgan Guanchjou mintaqaning muhim porti va eng asosiy transport tugunlaridan biriga aylangan.

Indoneziya poytaxti Jakarta — Janubi-Sharqiy Osiyoning eng katta iqtisodiyotining iqtisodiy “yuragi” ham katta hajmda kengayishni boshdan kechirdi. Oxirgi ellik yilda uning aholisi 29 million kishiga ko‘paydi va bugun 38,1 million nafarni tashkil qiladi.

Hindiston poytaxti Nyu-Dehli esa 398 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi; bunda aholi daromadlarining oshishi va ichki migratsiyaning faolligi katta rol o‘ynadi. Kutilishicha, 2030 yilga borib shahar yana taxminan 2 million yangi aholini qabul qiladi va aholi soni 33,3 million kishiga yetadi.

Mavzuga oid