O‘zbekiston | 18:35 / 12.11.2025
8486
2 daqiqa o‘qiladi

«Ro‘yxatni …ga tiq» - Chiroqchi tumani «zamhokimi» qo‘l ostidagilarni haqoratladi

Foto: Chiroqchi tumani hokimligi

Kun.uz ixtiyoriga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Zafar Ergashevga tegishli ekani aytilgan audioyozuv kelib tushdi. Unda amaldor aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha odamlarga 10-20 mln so‘mdan kredit berish bo‘yicha topshiriq ijrosini so‘rayotgani aks etgan. 

U qo‘l ostidagilarga so‘kinish aralash gapirgan.

Audioda hokim o‘rinbosari agar odamlar kredit olmasa, «o‘zlaring shu odamlarning nomiga kredit olasan» degan gapi ham eshitilgan. Zafar Ergashev bu gaplarni qaysi yig‘ilishda, kimlarga qarata aytgani hozircha noma’lum.

Viloyat hokimligidagi manba Kun.uz'ga audiodagi ovoz Zafar Ergashevga tegishli ekanini inkor qilmadi.

Ma’lumot uchun, Zafar Ergashev bir muddat Chiroqchi tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lib ishlgan. 2023 yil avgustidan esa uning o‘rnini hozirgi hokim Fayzulla Yusupov egallagan. Shundan beri Zafar Ergashev tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

Mavzuga oid