Farmonga köra, yangi agentlik davlat boşqaruvi tizimida samaradorlik, natijadorlik va mas’uliyatni kuçaytiriş, şuningdek, davlat xizmatini zamonaviy yondaşuvlar asosida takomillaştiriş vazifalarini bajaradi.
Hujjatga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boşlab “Yangi Özbekiston qiyofasidagi tuman (şahar)” maqomiga ega 33 ta tuman va şahar hokimliklarida tajriba-sinov tariqasida natijaga asoslangan boşqaruv tizimi joriy etiladi. Bunda:
davlat organlari faoliyatining maqsadli körsatkiçlari va indikatorlari ularga yuklatilgan vazifalar asosida Boşqaruv samaradorligi agentligi tomonidan şakllantiriladi;
uşbu körsatkiçlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Farmonda Agentlikka quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- natijaga asoslangan boşqaruv modelini işlab çiqiş va uning joriy etilişini uslubiy jihatdan muvofiqlaştiriş;
- davlat organlari faoliyati samaradorligini va maqsadli körsatkiçlarga erişiş darajasini samaradorlik.gov.uz elektron platformasi orqali baholaşni taşkil etiş;
- tegişli vazifalarni bajariş va körsatkiçlarga erişiş jarayonida kadrlar salohiyatini rivojlantirişga kömaklaşiş;
- davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallaş uçun tanlovlarda zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş, zarur hollarda qöşimça bosqiçlar belgilaş.
Mazkur farmon davlat xizmati tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş, mansabdor şaxslar faoliyatini aniq natijalar asosida baholaş va aholiga körsatiladigan davlat xizmatlari sifati hamda samaradorligini yanada oşirişga qaratilgan.













