Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi vafot etdi
Cobalt va Lacetti’ning bir nafardan yo‘lovchilari og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Jomboyda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 2022 yil 25 dekabr kuni soat 18:00 larda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Jomboy tumani hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.
Asosiy yo‘ldan harakatlanib kelgan Lacetti qayrilib olish joyidan burilmoqchi bo‘lgan Cobalt mashinasining yon tomonidan urgan.
Oqibatda, Cobalt va Lacetti’ning bir nafardan yo‘lovchilari og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jomboy tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv olib borilmoqda.
Viloyat IIB YHXB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada haydovchilarning qoidalarga rioya qilmasligi bilan birga, M-39 yo‘lining YTH sodir bo‘lgan qismida yo‘l chiziqlari o‘chib ketgani, turli yo‘l belgilari o‘rnatilmagani ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
16:02 / 20.11.2024