Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda o‘zbekistonlik ayol YTH oqibatida halok bo‘ldi
Panjob shtatining vakolatli huquqni muhofaza qilish organlari aybdorlarni javobgarlikka tortish maqsadida tegishli tergov-surishtiruv ishlarini amalga oshirmoqda.
Foto: “Dunyo” AA
10 mart kuni Hindistonning Panjob shtati Zirakpur shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida T.M. ismli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa shaxsiy transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan. Panjob shtatining vakolatli huquqni muhofaza qilish organlari aybdorlarni javobgarlikka tortish maqsadida tegishli tergov-surishtiruv ishlarini amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston elchixonasi marhumaning qarindoshlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi hamda ularga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha tergov jarayoni nazoratga olingan.
Diplomatik vakolatxona T.M.ning yaqinlari va qarindoshlariga hamdardlik bildirdi hamda marhumaning jasadini vatanga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
O‘zbekiston elchixonasi Hindiston hududida murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan fuqarolarga har tomonlama konsullik, huquqiy va boshqa yordamni tezkorlik bilan ko‘rsatishga to‘liq tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
17:57 / 01.04.2026
Nafas olish imkonsiz – kichik hind shahri dunyoda eng iflos havoga ega ekani ma’lum bo‘ldi
09:23 / 24.03.2026