Sport | 00:15 / 19.07.2018
9582
2 daqiqa o‘qiladi

2022 yilgi qishki Olimpiada dasturiga 6 ta yangi yo‘nalish kiritildi

Foto: AP

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Pekinda o‘tadigan 2022 yilga qishki Olimpiada dasturiga 6 ta yangi yo‘nalishni qo‘shishga qaror qildi.

Dasturga ayollar o‘rtasida bobsley bo‘yicha yakka musobaqalar (monobob), “big-eyr” bo‘yicha erkaklar va ayollar musobaqalari, fristayl, snoubord-kross va tramplindan sakrash bo‘yicha aralash jamoaviy musobaqalar, short-trek bo‘yicha aralash estafeta qo‘shildi.

XOQning sport direktori Kit Makkonnell yangi yo‘nalishlarning kiritilishi Olimpiya o‘yinlarini yoshlarbop va gender muvozanatlashgan qilishga intilishni aks ettirishini aytgan.

Pekindagi Olimpiadada qishki Olimpiadalar uchun rekord sondagi ayol sportchilar ishtirok etadi va ayollar musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Ayollar uchun kvota 41 foizdan 45,44 foizgacha ko‘tarilgan. Ayol sportchilar soni bobsley, skeleton, chana sporti, xokkey va chang‘i turlari bo‘yicha musobaqalarda ko‘payadi. Skeleton, konkida uchish, tog‘ chang‘isi, chang‘i poygalari, fristayl va snoubordda ilk bor ayol va erkak sportchilar soni bir xil bo‘ladi.

Olimpiadada ishtirok etuvchi sportchilar soni 41 nafarga ko‘payadi. Pekinda hammasi bo‘lib 2892 sportchi ishtirok etadi.

Mavzuga oid